Asosiy kontentga o'tish

KO‘CHMAS MULK / TARGET REKLAMA

Uylaringizga
mos xaridorlar
jalb qiling.

Ko‘chmas mulk uchun target reklama xizmati Toshkentda va O‘zbekiston bo‘ylab: quruvchi kompaniya va agentliklar uchun xaridorlarni byudjeti va xarid muddatiga ko‘ra saralab, sotuv ofisiga tashrif va uy ko‘rishga yo‘naltiraman.

Har bir turar joy majmuasi uchun alohida taklif, auditoriya va reklama kampaniyasi.

Turar joy majmuasi, uy kaliti va kvartira rejasi tasvirlangan ko‘k-oq illustratsiya
KO‘CHMAS MULK UCHUN

Qiziqishdan
uy ko‘rishgacha.

NISHONCHI / ISLOMIDDIN ABDULTOJIYEV
01Yangi uylar02Turar joy majmualari03Ko‘chmas mulk agentliklari

Bu sohada reklama nega ishlamay qoladi

  • 01Lid ko'p, lekin ko'pchiligi shunchaki narx so'raydi
  • 02Sotuv sikli uzun — xaridor oylab o'ylaydi
  • 03Sotuv bo'limi sifatsiz lidlarga vaqt sarflaydi
  • 04Qaysi reklama shartnomaga olib kelgani ko'rinmaydi

Men buni qanday hal qilaman

Umumiy shablon emas — shu soha xaridori qanday qaror qabul qilishiga qurilgan tizim.

  1. 01

    Saralovchi lid forma

    Xonalar soni, byudjet va to'lov usuli (ipoteka, bo'lib to'lash) so'raladi — sotuv bo'limiga tayyor lid tushadi.

  2. 02

    Obyekt bo'yicha kampaniyalar

    Har bir majmua, bosqich va rejalashtirish uchun alohida taklif va auditoriya.

  3. 03

    Uzoq sikl uchun retargeting

    Qiziqqan, lekin qaror qilmaganlarga qurilish jarayoni, yangi aksiya va narx o'zgarishi ko'rsatib boriladi.

  4. 04

    Telegram kanal orqali isitish

    Telegram Ads bilan majmua kanaliga obunachi yig'iladi va qurilish yangiliklari orqali ishonch quriladi.

Qanday kreativlar ishlaydi

  • Rejalashtirish va narx: kvadrat metr, boshlang'ich to'lov
  • Qurilish jarayoni va joylashuv afzalliklari videosi
  • Bo'lib to'lash va ipoteka shartlari

Hisobotda nimalarni ko'rasiz

  • Lid narxi
  • Saralangan lid narxi
  • Ofisga tashrif narxi
  • ROAS

Hamkorlik shartlari

  • Reklama byudjeti oyiga $1500 dan yuqori
  • O'rtacha chek yuqori — taxminan $200 va undan ko'p yoki LTV yuqori
  • Sotuv bo'limi bor: kamida 2 ta operator, CRM yoki hech bo'lmasa lidlarni yozib boradigan tizim
  • Lidlarga 45 daqiqa ichida javob berish imkoni bor
Barcha shartlar

Ko'chmas mulk va quruvchi kompaniyalar: ko'p beriladigan savollar

Chunki xarid katta va auditoriya tor. Shuning uchun lid narxiga emas, saralangan lid va ofisga tashrif narxiga qarayman — sotuvga aynan shular olib keladi.

Instagram va Facebook vizual taqdimot va lid forma uchun, Telegram Ads esa kanal orqali uzoq muddat isitish uchun ishlaydi. Odatda ikkalasini birga yurgizaman.

Kamida 2 ta operator, CRM va lidga 45 daqiqa ichida javob berish. Ko'chmas mulkda kechikkan qo'ng'iroq — yo'qotilgan xaridor.

Reklamangizni mijozlarga aylantiramizmi?

Biznesingiz va byudjetingiz haqida qisqacha yozing. Loyihangiz mos kelsa, tahlildan boshlaymiz va mijozlar oqimini 14 kunda yo'lga qo'yamiz.

Telegram:
@nishonchi
Bepul ro‘yxatdan o‘tish →