Asosiy kontentga o'tish

Target reklama
xizmatlari.
Maqsad — mijoz.

Toshkentda va O‘zbekiston bo‘ylab Instagram, Facebook va Telegram orqali biznesingizga mijoz jalb qilaman. Auditoriya tahlili, reklama strategiyasi, kreativ va kunlik optimizatsiya — bitta tizimda.

Ko‘k shisha va metalldan yaratilgan nishon, Instagram va Telegram belgilari
NISHONCHI

Aniq strategiya.
Maqsadli o‘sish.

Reklama sozlash va yuritish ichiga nimalar kiradi

Platforma qaysi bo'lishidan qat'i nazar, ish sakkizta bosqichdan o'tadi.

  1. 01

    Tahlil

    Biznesingiz, raqobatchilar va maqsadli auditoriyani tahlil qilaman: kim sotib oladi, nima uchun oladi va hozir kimdan olyapti.

  2. 02

    Strategiya va mediaplan

    Reklama strategiyasi va mediaplan tuzaman: qaysi platforma, qaysi taklif, qancha byudjet va qanday lid narxi kutilishi oldindan yoziladi.

  3. 03

    Kabinet, Pixel va konversiyalar

    Reklama kabinetini sozlayman, Pixel va konversiyalarni ulayman — shunda har bir lid qaysi reklamadan kelgani ko'rinadi.

  4. 04

    Kreativlar

    Reklama matnlari va video g'oyalarini tayyorlayman: auditoriya og'rig'iga mos taklif, ssenariy.

  5. 05

    Landing page

    Kerak bo'lsa, reklama traffikini lidga aylantiradigan landing page tayyorlayman.

  6. 06

    A/B testlar

    Auditoriya, kreativ va takliflarni bir-biriga qarshi sinab, eng arzon va sifatli lid beradigan kombinatsiyani topaman.

  7. 07

    Kunlik monitoring

    Kampaniyalarni har kuni kuzataman. Algoritm 4 kun o‘rganganidan keyin optimizatsiya qilaman: ishlamayotgani o‘chadi, ishlayotgani kengayadi.

  8. 08

    Hisobot

    Haftalik yoki oylik hisobot beraman: kerakli metrikalar bo‘yicha raqamlarni va har bir dollarning qayerga ketayotganini ko‘rib turasiz.

Reklamangizni mijozlarga aylantiramizmi?

Biznesingiz va byudjetingiz haqida qisqacha yozing. Loyihangiz mos kelsa, tahlildan boshlaymiz va mijozlar oqimini 14 kunda yo'lga qo'yamiz.

Telegram:
@nishonchi
Bepul ro‘yxatdan o‘tish →